04 iyu 22:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Konkabaev Bahodir Jalolovning so'nggi yillarda qay darajada o'zgargani haqida gapirdi
Qozog'istonlik bokschi Kamshibek Konkabaev o'z intervyularidan birida Bahodir Jalolovning yaxshigina kuchaygani haqida gapirdi.
- Bahodir Jalolov 2015 - 2021 yillarda qay darajada o'zgardi? Oradan olti yil o'tdi. U faoliyatingizdagi eng asosiy raqiblardan biri.
- O'ylaymanki, u Amerikaga borganidan so'ng kuchaya boshladi. U nisbatan oldin u erda shug'ullana boshladi. U erda boksga umuman boshqacha ko'z bilan qarashadi. Jismoniy tomonlama ham ishladi. Raqiblar ham yaxshi edi. Ortis u bilan sparring o'tkazdi. Bu narsa bokschiga tajriba, ishonch beradi. SHu sababli ham u kuchaydi. Biz esa biroz kech qolmoqdamiz. O'ylaymanki, biz allaqachon professional va havaskor boksni birlashtirib yuborishimiz kerak edi", - dedi Konkabaev Sports True kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : Sports True
Fikrlar