19 apr 07:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Konor Benn navbatdagi jangini Rayan Garsiyaga qarshi kamar uchun o'tkazmoqchi
29 yoshli britaniyalik bokschi Konor Benn navbatdagi jangini WBC yo'nalishida jahon chempioni Rayan Garsiyaga qarshi o'tkazish niyati borligini malum qildi.
"Biz jahon chempionilik kamari — WBC unvoni uchun jang qilmoqchimiz. Bilasizlar, men bu kamar uchun jang qilishim kerak. Bu imkoniyatni qo'lga kiritish uchun juda qattiq mehnat qildim, lekin oxir-oqibat, menda tanlov bormi-yo'qmi, bilmayman. Tomoshabinlar qaysi jangni istasa, shuni ko'radi. Men eng katta janglarda ishtirok etishni xohlayman. Boksda eng esda qolarli kechalar bo'lishini istayman. Odamlar “Qanday jang, qanday kecha — bu uzoq esda qoladi”, deb aytishi kerak. Keyingi jangimni kimga qarshi o'tkazmoqchiman? Rayan Garsiyaga qarshi", — dedi Benn.

Havola :
Manba : FirstTake
Fikrlar