28 jan 07:59
Yangiliklar
Konor Benn SHahram G'iyosov davogar bo'lgan WBA kamari uchun jang qilmoqchi
Hozirda mazkur kamar amerikalik Rolando Romeroga tegishli. WBA tashkiloti esa Romeroning o'zbekistonlik majburiy davogar SHahram G'iyosov bilan jang qilishiga buyruq bergan.
"Rolli bilan jang — biz ko'z tikib turgan to'qnashuv. Agar shu oyning oxirigacha boshqa variantlarda biror tayinli gap bo'lmasa, Rolando bilan jang masalasini uzil-kesil hal qilamiz. Men uchun eng asosiysi — katta daromad keltiradigan va muxlislar intiqib kutayotgan janglarda qatnashish.
WBC meni Barrios va Garciya jangi g'olibi uchun majburiy davogar qilib qo'ydi. To'g'risi, bu bahsda Garsiya yutishini xohlayman. Pul tarafdan Rayan Garsiya varianti zo'r, lekin u kutilmaganda yutqazib qo'yishi ham hech gap emas, undan har narsani kutish mumkin. SHunday ekan, Rolli kabi variantlar ham doim zaxirada bo'ladi", deydi Benn.
Fikrlar