31 may 11:24
Yangiliklar
Konor Islam Maxachevga tashxis qo'ydi + FOTO
Tibbiy bilimga ega bo'lmagan irlandiyalikning aytishicha, Islamning chap oyog'idagi stafilokokk infekciyasi shaxsiy gigienaga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelgan. Bu borada Konor Islam va uning jamoasini ayblagan.
"Yana stafilokokk. Bu qoloq stafilokokk bilan birga yashaydi. Ishonavering, uning jamoasi ham shu infekciyadan zaharlangan. Jin ursin sizlarni, oyoqlaringizni yuvib yursanglar bo'lmaydimi? Mashg'ulot o'tkazadigan matlaringizni yuving, toza kiyim kiying. Ahmoqlar, tozalikka etibor qaratib, bu ishni har kuni qilishlaring shart. SHunday bo'lsa-da, u Dastinni birinchi raundda sambishen evaziga mag'lub etadi", - deya fikr bildirgan Makgregor.
Avvalroq, Konor Islam Maxachevni Dastin Porega qarshi kechadigan jangda favorit hisoblamasligini aytgandi. Kechagi intervyusida u fikrini o'zgartirganini ko'rishimiz mumkin.
Fikrlar