19 mar 17:05
Yangiliklar

Konor Kamaru Usmanga vyzov tashladi
"Men yana engil vaznga qaytaman deb o'ylamayman. Juda ko'p ovqatlanaman, kaloriyalarni kesmasdan mashq qilaman. Hozir men tabiiy holatimdaman, bundanda ko'prog'i bo'lishi mumkin. Menga yarimo'rta vazn yoqadi. U erda yaxshi mashg'ulot olib bordim, faqatgina mashg'ulotlar lagerida bo'ldim. Diaz bilan revanshda ham, Serrone bilan jangda ham shunday bo'ldi. O'ylashimcha, bu mening UFCdagi eng yaxshi janglarim bo'ldi, shuningdek, menda kaloriyalardan tanqislik bo'lmadi.
Keyingi jangim Kamaru Usman bilan bo'lishi kerak deb o'ylayman. Bu ayni paytda men kutayotgan jang. O'zimni katta, kuchli, sog'lom va energiyaga boydek his qilyapman. Bunday jarohatdan keyin o'zimni charchatishni xohlamayman. Hech qanday zaruriyat yo'q. Usman bilan jangda o'zimni ishonchli his qilaman, uning jeblari va usullari o'rta darajada. U nima qiladi? U qaerda xavfli? Men unda hech qanday xavf-xatarni ko'rmayapman", - deya Makgregorning so'zlarini keltiradi The MacLife.
Fikrlar