21 avg 17:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Kaneloning murabbiyi bilan mashq qilmoqchi
Ikki vazn toisfasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor hozirda tengsiz bo'lib turgan Saul Alvaresning murabbiyi haqida gapirdi.
"Eddi Reynoso (Kaneloning murabbiyi), men sening ishingning haqiqiy muxlisiman, do'stim. Sening bu yigitlar bilan zalda qilayotgan mehnating shunchaki dahshatning o'zi. Bir kun kelib birga mashq qilamiz deb o'ylayman. Kelajakda sening ko'l ostingda shug'ullanishdan boshim osmonga etardi. Aminmanki, bu ish amalga oshadi", - deydi Konor Instagram tarmog'i orqali qilgan jonli efirida.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor uchun boks begona emas. U 2017 yil afsonaviy Floyd Meyvezerga qarshi boks qoidalari asosida jang o'tkazib, mag'lubiyatga uchragan edi. Aynan ushbu jang boks tarixidagi eng kassabop qarama-qarshiliklardan biri hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar