16 may 16:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Konor Makgregor 2026 yilda UFC’da eng ko'p doping-test topshirgan jangchiga aylandi
UFC sobiq chempioni Konor Makgregor 2026 yil boshidan beri tashkilotda eng ko'p doping tekshiruvidan o'tgan jangchi bo'ldi.
Rasmiy malumotlarga ko'ra, 2026 yilda 673 nafar jangchi doping tekshiruvidan o'tgan va jami 1761 ta namuna yig'ilgan. Makgregor esa 11 marta test topshirgan.
Irlandiyalik jangchi so'nggi bor 2021 yil iyul oyida UFC 264 turnirida oktagonga chiqqan va birinchi raundda oyoq jarohati sabab texnik nokaut bilan Dastin Porega yutqazgan edi.
Uning professional rekordi — 22 g'alaba va olti mag'lubiyat.
Havola :
Manba : ufcantidoping.com/tests
Fikrlar