16 sen 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Makgregor Xolloueyga qarshi jangdagi mag'lubiyatdan norozi
UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Maks Xolloueyga qarshi revanshdagi mag'lubiyatni yana esga oldi.
UFC 329 turnirining asosiy jangida Xollouey birinchi raundda texnik nokaut bilan g'alaba qozongan edi. Jang Makgregorning oyoq jarohati sababli davom etmagan.
"SHuni aytamanki, jangni to'xtatishni men so'ramaganman. Men uni tugatishni talab qilmaganman. Agar men sen bilan jang qilayotgan bo'lsam va sen hakamga qarab jangni to'xtatishni so'rayotgan bo'lsang, unda jangni kim to'xtatayapti?
To'xtatmang. Jang endi boshlangan edi. Ammo mayli, biz o'z ishimizni qilishda davom etamiz va qasos olish maqsadidan chekinmaymiz", — dedi Makgregor MMA Mania nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : MMA Mania
Fikrlar