02 okt 08:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Konor Makgregor dekabr oyida jang o'tkazishni istayotganini va raqib kim bo'lishini aytdi
UFCning ikki vazn toifasidagi sobiq chempion Konor Makgregor shu yil yakuniga qadar Maykl CHendler bilan jang qilmoqchi.
"Oktagonga qachon qaytaman? Qaytish jarayonidaman. Hali hamon dekabr oyida jang o'tkazish niyatidaman. Raqib kim bo'ladi? CHendler bo'lishi kerak. SHunday ekan Maykl, ovozingni o'chir-da, meni kut", - dedi Makgregor.
Eslatib o'tamiz, Makgregor 2021 yilning iyulida Dastin Porega mag'lub bo'lganidan keyin jang o'tkazgani yo'q. SHundan keyin Konor doping testdan o'ta olmadi va kichik muddatga diskvalifikaciyaga uchradi.
Havola :
Manba : All Out Fighting
Fikrlar