23 noy 08:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Konor Makgregor jinsiy tajovuzda aybdor deb topildi, unga katta jarima belgilandi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Dublin yuqori sudi qaroriga ko'ra jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi.
Bu haqida Daily Mail nashri xabar berdi.
Unga ko'ra, voqea 2018 yilning dekabrida sodir bo'lgan. Avvaliga tergov jarayoni bilan shug'ullangan Irlandiya prokuraturasi Konorga jinoyat ishi ochish uchun dalillar etarli bo'lmagani bois, ayblov elon qilmaslikka qaror qilgandi. Lekin kechagi sud ishidan keyin sobiq UFC chempioni aybdor deb topildi.
Endi Konor jabrlanuvchiga 250 ming evro miqdorida kompensaciya, yani tovon puli to'lab berishi lozim.
Havola :
Manba : Daily Mail
Fikrlar