05 may 14:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Konor Makgregor: "Uyingni olib qo'yishdan boshqa ilojim yo'q, ahmoq"
Artem Lobov Konor Makgregorga qarshi navbatdagi sudda yutqazsa, u nafaqat orzu qilgan 30 mln dollarni olmaydi, balki ko'chmas mulkidan ham mahrum bo'ladi.
"Sen menga sudya tomonidan tayinlangan harajatlarni to'lashing kerak. Sen uyingdan ayrilasan, chunki menga to'lashga puling yo'q. Uyingni olib qo'yishdan boshqa ilojim yo'q, ahmoq", - deya yozgan Makgregor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ko'p o'tmay Konor Makgregor ananaga ko'ra ushbu xabarni ijtimoiy tarmoqlardan o'chirib tashlagan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili rossiyalik Artem Lobov Konor Makgregorga qarshi davo qo'zg'atgandi. U o'zining Proper No. 12 viski brendini chiqarish g'oyasi muallifi deb atagan edi.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar