13 iyu 09:06
Yangiliklar
Konor Makgregor va Maks Xollouey ishtirokidagi UFC 329 turnirining rasmiy posteri elon qilindi + FOTO
12 iyul kuni Las-Vegas (Nevada, AQSH) shahrida bo'lib o'tadigan oqshomning asosiy jangida yarim engil va engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregor 66 kg vaznda sobiq UFC chempioni amerikalik Maks Xolloueyga qarshi oktagonga chiqadi.
Konor 2021 yil iyul oyidan beri jang qilmagan, o'shanda u UFC 264 turniri doirasidagi jangning birinchi raundida texnik nokaut (oyoq jarohati) bilan engil vazn toifasida sobiq UFC vaqtinchalik chempioni amerikalik Dastin Porega yutqazgan edi. Uning professional rekordida jami 22 ta g'alaba va oltita mag'lubiyat bor.
Bu ikki aralash yakkakurash ustasining ilk jangi 2013 yilning avgust oyida o'tkazilgan bo'lib, o'shanda Konorning g'alabasi bilan yakunlangan edi. Makgregor hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchgandi.
Maks 34 yoshda. Xollouey professional debyutini 2010 yil sentyabr oyida o'tkazgan. Uning aralash yakkakurashlar bo'yicha 27 ta g'alabasi bor, ulardan 14 tasi muddatidan oldin qo'lga kiritilgan, mag'lubiyatlari soni to'qqizta.
Qiziq malumot, turnir uchun mo'ljallagan chiptalar sotuvi 240 soniya davom etgandi. Bu UFC'ning mutlaq rekordi hisoblanadi. CHiptalarning eng arzoni 1200 AQSH dollarini tashkil etgandi.

Fikrlar