27 avg 11:00
Yangiliklar
"Konor Makgregorga tresh-tokni men o'rgatganman" - Tayson Fyuri
— Nega bunday tresh-tokdan foydalangansiz? Raqibning ongiga tasir qilish, jangni yanada qiziqarli qilish uchunmi yoki shunchaki yoqadimi?
— Ha, shunchaki yoqadi. Men uchun bu har doim oson bo'lgan. Gapirish — men eng yaxshi qiladigan ish. Agar gapirish bo'yicha jahon chempionati bo'lganida, men mutlaq chempion bo'lardim. Balki finalda menga qarshi Konor Makgregor chiqqan bo'lardi.
— Balki.
— Ammo unga buni men o'rgatganman. U mendan ko'chirgan, mening uslubimni olgan. Men faoliyatim boshidan beri tresh-tok bilan shug'ullanaman. Juda uzoq vaqtdan beri. Men buni raqibning ongiga tasir qilish uchun qilmayman. Boks — bu shou-biznes. Boks — Gollivud. Boks — kino. Muxlislarni xursand qilish kerak. Ular Tayson Fyuri jangi translyaciyasi uchun pul to'laganda, matbuot anjumanlaridanoq shou ko'rishni xohlashadi. Ular aynan shuning uchun kelishadi. Bu aqlbovar qilmas shou bo'ladi. Albatta qandaydir voqea sodir bo'ladi. Bu xuddi cirkka o'xshaydi", — dedi Fyuri.
Fikrlar