07 fev 20:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Konor Makgregorning o'zbekistonlik sparring sherigi Mangu 1 turnirida jang qildi
Toshkentda MMA bo'yicha Mangu 1 turniri bo'lib o'tmoqda.
Turnirning prelim kardi doirasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi, ikkita vazn toifasida UFC cobiq chempioni Konor Makgregorning Dubay shahridagi sparring sherigi bo'lmish Bahromjon Ro'ziev oktagonga ko'tarildi.
Ozarbayjon vakili Abdul Fahad Ahmadiga qarshi kechgan to'liq 3 raundlik jangda Ro'ziev uchun durang bilan yakunlandi. Jang davomida Bahromjondan ochkolar olib tashlanganini takidlash lozim.
Bu orqali Ro'ziev faoliyati davomidagi to'qqizinchi jangida ilk bor durang qayd etdi. Uning hisobida ettita g'alaba va bitta mag'lubiyat bor edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar