So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

25 mar 07:43
Yangiliklar

Boks/MMA

Konor Makgregorning UFC`ga qaytish muddati aytildi

Dunyoning eng kuchli ligasi Konor Makgregorni oktagonga qaytarish uchun barcha ishni amalga oshirmoqda.

Liga rahbarlari irlandiyalik bilan kelishuvga erishishga yaqin turibdi, deb xabar berdi taniqli sport sharhlovchisi Ariel Xelvani.

"UFC hozir Konor Makgregorga har qachongidan ham ko'proq muhtoj va ular uning qaytishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishlari kerak. Hamma narsa to'g'ri yo'nalishda harakatlanayotganga o'xshaydi.

Hozirgi bosqichda aytish mumkinki, agar u 11 iyul kuni jangga chiqmasa, demak, jiddiy nimadir sodir bo'lgan", - deb yozdi jurnalist ijtimoiy tarmoqda.

Xelvanining so'zlariga ko'ra, ushbu malumotning bilvosita tasdig'i Maks Xolloueyning bayonoti bo'lib, u irlandiyalik jangchidan revansh olishga tayyorligini malum qilgan.

"Menimcha, o'tgan dam olish kunlari Maks Xolloueyning so'zlari o'z-o'zidan malum bo'ldi. Maks juda aqlli yigit, agar u shu yo'l bilan bizga nimanidir shama qilmoqchi bo'lgan bo'lsa, ajablanmayman", - deya qo'shimcha qildi muxbir.

Tashkilot 11 iyul kuni Las-Vegasdagi ananaviy Xalqaro janglar haftaligini yakunlovchi UFC 330 turnirini o'tkazishni rejalashtirgan. Aynan shu oqshomda Konorning oktagonga chiqishi kutilmoqda. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing