13 may 17:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Konor Makrgegorning jamoadoshi bo'lgan hamyurtimiz Qozog'istonda jang qildi
Qozog'istonning Almati shahrida MMA bo'yicha Naiza 60 turniri bo'lib o'tdi.
Turnir doirasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Bahromjon Ro'ziev (4-1-0) ham oktagonga ko'tarildi. Hamyurtimizga qozog'istonlik Bakmerey Marks (4-0-0) raqiblik qildi. Uch raundga mo'ljallangan jang 2-raundda muddatidan oldin yakunlandi. Afsuski, Ro'ziev jangda sabmishen evaziga mag'lub bo'ldi.
Bu Bahromjon uchun faoliyatidagi beshinchi jangida ilk mag'lubiyati bo'ldi. Ro'ziev ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni, irlandiyalik Konor Makgregorning jamoadoshi hisoblanadi. Makgregor BAAdagi mashg'ulotlarida sparring jarayonlarini aynan Bahromjon Ro'ziev hamrohligida olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar