13 jan 17:40
Yangiliklar
![](/upload/storage/52306_220.jpg)
Konor Xabibdan qabul qilingan mag'lubiyatni tan olgisi kelmayapti
Yakvintaning so'zlariga qaraganda, irlandiyalik sportchi Xabib Nurmagomedovdan qabul qilib olgan mag'lubiyatini hazm qila olmayapti.
“Men Xabibga qarshi besh raundlik jang o'tkazganman. Vaholanki, o'shanda uch raundlik jangga tayyorgarlik ko'rgandim. Jangda besh raund turib bera oldim. Konorda o'zini oqlash uchun asos bormi? Menga shunga xayron bo'lyapman. U uchinchi raundga kelib butunlay holda toygandi.
Tan olaman, men Konorning Xabibga qarshi jangiga qadar irlandiyalikning muxlisi edim. Endi esa yo'q! U o'zini har safar oqlashga urinmoqda. Mag'lubiyatni tan ola bilish ham kerak. Ayniqsa, avtobus bilan bog'liq voqeylikdan keyin Makgregorga bo'lgan hurmatim butkul yo'qoldi”, - dedi Yakvinta.
Fikrlar