So’nggi yangiliklar

13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0 07:01"Манчестер Сити" "Ноттингем Форест"га мағлуб бўлди, Ҳусанов 90 дақиқа ўйнади + ВИДЕО 0 23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0

18 okt 10:35
Yangiliklar

Boks/MMA

Konor yana ishkal qilib qo'ydi, bu safar u mashhur di-jeyni do'pposladi + FOTO

Teglar :  Konor Makgregor
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorning xurmacha qiliqlari davom etmoqda.

Bu safar italiyalik taniqli di-jey va teleboshlovchi Franchesko Fachchinetti irlandiyalikning "qurboni"ga aylandi. Konor Vatinkanda o'tgan marosim chog'ida Fachchinettining burnini sindirib qo'ydi. Franchesko va uning rafiqasi bo'lib o'tgan voqeylik haqida ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilgan.  

"Tungi soat 2:30da mister Makgregor menga hujum qildi. Konor o'nlab guvohlar, tansoqchilari va mening do'stlarim ko'z o'ngida yuzimga tarsaki tushirdi. Buning natijasida tishim va burnim sindi. Ungacha ikki soat davomida yaxshi kayfiyatda gaplashib o'tirgandik. Lekin kutilmaganda, hech qanday sababsiz menga hujum qilib qoldi. Bu haqida lom-mim demoqchi emasdim. Lekin odamlarni uning tajovuzkor ekanidan ogoh etishni lozim topdim", - dedi italiyalik jabrdiyda teleboshlovchi. 

Franchesko Fachchinetti bo'lib o'tgan holat yuzasidan sudga murojaat qilishini aytgan. 

"Meni hech qanday sababsiz kaltaklashdi. Menga tushgan zarbani boshqalar ham qabul qilib olishi mumkin. Konor qo'pol, vahshiy odam. SHu sababdan xam uni sudga beraman".

Italiyalik teleboshlovchining rafiqasi ham kechagi voqeylikka o'z munosabatini bildirdi.

"Konor bizni boshqa oqshomga taklif qildi, Francheskoning javobi ijobiy bo'ldi, "Juda yaxshi, ketdik", lekin shu zahoti zarba qabul qilib oldi. Baxtiga u Makgregorga yaqin turgandi, aks holda zarbaning tasiri kuchliroq bo'lardi. Franchesko kutilmagan zarbadan avval stolga, keyin erga quladi. Avvaliga men bu shunchaki hazil, oldindan rejalashtirilgan sahna ko'rinishi bo'lsa kerak deb o'yladim. Makgregorning do'stlari erimni devorga tirab olishganidan keyin vaziyat jiddiy ekanini tushunib etdim. Konor Francheskoni yana urishga urinardi. Keyin bizni olib ketishdi. Franchesko qonga belangandi. Zo'rvon Makgregor 26 oktyabrgacha Italiyada bo'ladi. Agar uni ko'rib qolsangiz, yaqiniga yo'lab yurmang. Dastxat ham so'ramang. U xavfli odam".  

Eslatib o'tamiz, bir oycha oldin Konor Bruklinda o'tgan MTV taqdirlash marosimida ham janjalga sababchi bo'lgandi. O'shanda u Machine Gun Kelly yoki MGK nomi bilan mashhur bo'lgan amerikalik qo'shiqchi Kolson Beykerni do'pposlagandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing