23 noy 09:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Konorga xitoylik bilan jang uchun 5 mln dollar taklif qilishdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor xitoylik kikbokschiga qarshi jang o'tkazishi mumkin.
Bu malumotni irlandiyalik sportchining murabbiyi Jon Kavana ham tasdiqladi.
“Bir necha kun oldin xitoylik bir kikbokschining promouteridan taklif tushdi. U uch raundlik jang uchun 5 million dollarlik gonorar vada qildi.
Bilasizmi, menga shunga o'xshash juda ko'p takliflar jo'natishadi. Ochig'i, ularning aksariyatiga etibor qaratmayman. Lekin bu galgi taklif haqiqiy edi. Men bu taniqli promouterni taniyman. Ammo, hozircha jang haqida gapirishga erta”, - dedi Kavana.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar