07 fev 14:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Konorni mag'lub etgan Neyt Dias faoliyatini yakunladi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregorga mag'lubiyat taqdim eta olgan taniqli jangchilardan biri Neyt Dias faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
Bu xabarni uning eng yaqin do'sti, engil vaznda sobiq Strikeforce chempioni Gilbert Melendes ham tasdiqladi. Melendes bir necha yil davomida Nik va Neyt Dias bilan bir zalda mashg'ulot o'tkazgan. Aka-ukalarning eng yaqin do'sti hisoblanadi.
“Nik va Neytning katta sportga qaytishini juda ham istardim. Lekin ular bilan so'nggi bor gaplashganimda, faoliyatlarini yakunlaganliklarini aytishdi. Lekin shunga qaramay, Nik mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Bilmadim, balki fikrini o'zgartirib qolar”, - dedi Gilbert Melendes.
Havola :
Fikrlar