03 jan 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA

"Konorning muammolari biznikidan ko'proq"
UFC jangchisi Donald Serronening murabbiyi Jafari Vane Konor Makgregorga qarshi jang haqida fikr bildirdi.
"Konorning muammolari biznikidan ancha ko'proq deb o'ylayman. Uning bitta chap qo'l zarbasi bor, Donald esa ko'plab nokautlar sohibi. Ko'pchilik Konorning parterda qanday jang qilganini eslay olmaydi.
Umuman olganda, Konor qanday jang qilishini ko'pchilik unutib yuborgan. Maqsadimiz - jangni iloji boricha oxiriga qadar olib borish, sababi Konorning jismoniy holatida ham muammolar bor", - dedi Vane.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar