01 iyu 15:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Konorning murabbiyi Dastindan uchralgan mag'lubiyatga asosiy sababni aytdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Konor Makgregorning murabbiyi Kolin Bern shogirdining Dastin Poredan uchralgan mag'lubiyatiga asosiy sababni keltirib o'tdi.
"Konor o'tgan jangga ajoyib formada etib borgandi, u mashg'ulotlarga har kuni kelardi va to'liq kuch bilan ishladi. Mag'lubiyatni qabul qilish qiyin edi, biroq olg'a yurishda davom ettish lozim. Dastinning lou-kiklari jangni tubdan o'zgartirib yubordi. Uning aynan shu rejasi bizning mag'lubiyatimizga asosiy sabab bo'ldi", - dedi Kolin.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar