So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

11 avg 09:44
Yangiliklar

Sport kurashlari, Taekvondo, Suv sporti turlari

Konya-2021. Barakali kun - kecha 12 ta medal qo'lga kiritildi + FOTOGALEREYA

Turkiyaning Konya shahrida o'tkazilayotgan V Islom birdamligi o'yinlari o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

Kechagi kun bellashuvlari O'zbekiston sport delegaciyasi uchun barakali bo'ldi. Sportchilarimiz murosasiz kechgan bahslarda jami 12 ta medalni qo'lga kiritishdi. Tokio Olimpiadasi chempioni Ulug'bek Rashitov taekvondo, G'ulomjon Abdullaev esa erkin kurash musobaqasida shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Ular sharafiga O'zbekiston madhiyasi yangrab, bayrog'imiz baland ko'tarildi. 

Rasuljon Abdurahimov, Abdulla Azimov va Habibullo Ergashevdan iborat sport gimnastikachilarimiz jamoaviy bahslarda kumush medalga sazovor bo'lishdi. Abdurahimov yakkalik ko'pkurash musobaqasida bronza medalini qo'lga kiritdi. Para suzish musobaqasida qahramonga aylangan Azizbek Boynazarov bu safar kumush medalga ega chiqdi. Bu uning V Islom birdamligi o'yinlaridagi to'rtinchi medali bo'ldi: 2 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza.   

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi bugungi kun bahslari oldidan 56 davlat ishtirok etayotgan musobaqada 5 ta oltin, 6 ta kumush, 12 ta bronza, jami 23 ta medal bilan umumjamoa hisobida 4-o'rinni egallab turibdi. 

Turkiya terma jamoasi hamon katta farq bilan peshqadamlik qilyapti. Mezbonlar 22 ta oltin, 18 ta kumush, 14 ta bronza, jami 54 ta medalni qo'lga kiritib ulgurishdi. Eron 8 ta oltin, 12 ta kumush, 7 ta bronza medali bilan 2-o'ringa ko'tarilib oldi. Qozog'iston delegaciyasi esa 6 ta oltin, 1 ta kumush, 8 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing