13 avg 07:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Korme chempionlik jangiga tayyorgarlik haqida gapirdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Daniel Korme Stipe Miochichga qarshi jang haqida fikr bildirdi.
“Ikkinchi jang haqiqatdan ham yaxshi bo'ldi. Jangni dastlabki qismida yaxshi harakat qildim, lekin u aniqroq harakat qildi va g'alaba qozondi. Uchinchi jangda asosan kurash tushishga harakat qilaman. Stipega qarshi 25 daqiqa boks tushish niyatim yo'q, chunki buning iloji yo'q. Stipe kuchli va men haqiqiy urushni kutyapman. Men kabi u ham jangda g'alaba qozonishga ishonmoqda. Umid qilamanki, bahs yakunidan so'ng hakam meni qo'limni baland ko'taradi”,-dedi Daniel Korme.
Eslatib o'tamiz, Daniel Korme va Stipe Miochich o'rtasidagi uchinchi jang 16 avgust tongida Las-Vegasda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar