15 jan 09:59
Yangiliklar

Korme: "Dariush bilan jang har qanday jangchi uchun, hatto Maxachev uchun ham qiyin bo'ladi"
“O'ylashimcha, bu - ajoyib jang. Menimcha, Beneil Dariush hamma uchun, hatto Islamdek dominant bo'lgan yigit uchun ham juda qiyin raqib. Lekin fikrimcha, aslida Maxachev dunyodagi eng zo'r jangchi. Siz dunyodagi eng zo'rimisiz, demak, raqib kim bo'lishidan qati nazar, hammadan o'tib ketishingiz kerak. Siz harakat qilib, g'alaba qozonishingiz zarur va men u buni amalga oshiradi deb umid qilaman. Menimcha, qiyin jang bo'ladi. Beneil boshqa hech kimga o'xshamaydi, lekin men shunchaki Islam eng zo'r ekanligiga ishonaman", - deya Kormening so'zlaridan iqtibos keltiradi Sportskeeda.
Eslatib o'tamiz, Maxachev va Dariush o'rtasidagi jang 26 fevraldan 27 fevralga o'tar kechasi UFC Fight Night doirasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar