25 iyu 08:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Korme: Lesnar menga qarshi jangni rad etib to'g'ri qarorga keldi
UFCning og'ir vazndagi chempioni Daniel Korme Brok Lesnarga qarshi bekor qilingan jang haqida fikrini bildirdi.
"WWE u qolishi uchun qiziqroq taklif qilgan bo'lsa kerak deb o'ylayman. Unga restlingda ishtirok etishi uchun katta pul to'lashadi va menga qarshi jang qilishi shart emas.
Men uni dabdalasini chiqarardim, shu sababli u to'g'ri qarorga keldi deyish mumkin. Men Lesnarga qarshi jang qilishni istardim. UFC buni tashkil qilishga harakat qildi, ammo bu amalga oshmadi", - dedi Korme.
Kore 17 avgust kuni UFC 241 turniri doirasida Stipe Miochichga qarshi revansh jangini o'tkazadi.
Havola :
Manba : TMZ Sports
Fikrlar