06 may 08:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Korme MMAdagi to'rt buyuk jangchini aytdi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Daniel Korme aralash janglar tarixidagi eng buyuk to'rt nafar jangchi nomini aytdi.
"Birinchi raqamlisi — Xoys Greysi! U ochiq vazn toifasida barchani mag'lub etgan va aynan u sababli bu sport turiga etibor kuchaygan. Ikkinchi - CHak Lidell! U uzoq vaqt davomida UFC yuzi bo'lib keldi. Agarda siz bu sport turini yaxshi ko'rsangiz, uni yaxshi bilishingiz kerak. Uchinchi - Jorj Sen-Per, to'rtinchisi esa - dog'istonlik "burgut" Xabib Nurmagomedov. U bu erda engilmagan yagona jangchi", - dedi Korme.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov 2020 yilning oktyabrida faoliyatini yakunlagandi. U faoliyatida o'tkazgan 29 jangning barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar