19 avg 11:43
Yangiliklar
Korme Nurmagomedovga: "Vaqtni behuda sarflashni bas qil"
PFL engil vazn toifasi chempioni bo'lgan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi o'tgan oyning oxirida erkin agentga aylandi. UFC 330 turniri arafasida u tashkilot vice-prezidenti Xanter Kempbell bilan suhbatlashayotgani ko'zga tashlandi, bu esa engil vaznli jangchining dunyoning eng kuchli ligasiga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarni tasdiqladi.
SHuningdek, internetda Kormening Nurmagomedov bilan musobaqa parda ortida suhbatlashayotgani va uni UFC bilan shartnoma imzolashga chaqirayotgani aks etgan video tarqaldi.
"Ey, qachon kelasan? Qachon bu erga o'tasan? Vaqtni behuda sarflashni bas qil. Endi gap meros haqida ketyapti. Meros qoldirish vaqti keldi. Sen UFC engil vaznli jangchilarini "qop" (kuchsiz) deb hisoblaysanmi? Unda kel va buni menga isbotla! Ularning "qop" ekanligini ko'rsatib qo'y. Hozir meros haqida o'ylash vaqti. Xabib shunday dedi, sen esa unga quloq solishing kerak", — dedi ikki vaznda sobiq UFC chempioni, hozirda tashkilot sharhlovchisi sifatida ishlayotgan Korme.
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Usman Nurmagomedov Nyu-Yorkdagi turnirda PFL engil vazn chempionlik kamarini himoya qildi. Oqshomning asosiy jangida u amerikalik Archi Kolganni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.

Fikrlar