03 mar 22:30
Yangiliklar
Dzyudo
Koronavirus sabab Rabat Gran-prisi bekor qilindi
Xabar berganimizdek, 6-8 mart kunlari Marokashning Rabat shahrida dzyudo bo'yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi turnir o'tkazilishi lozim edi.
Ammo, bugun kunning ikkinchi yarmida Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) barcha azo mamlakat federaciyalariga maktub yo'llab, Afrikadagi turnir butun dunyoda tarqalib borayotgan koronavirus sabab o'tkazilmasligini malum qildi.
Bunga birinchi galda Marokash hukumatining rasmiy bayonoti ham sabab bo'lgan. Hukumat qarori bilan mamlakatdagi barcha ommaviy tadbirlar, shu jumladan sport musobaqalarining o'tkazilishi ham vaqtinchalik to'xtatilgan.
Eslatib o'tamiz, bugun tunda, aniqrog'i 03:25da O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi Toshkent - Istanbul - Rabat avia reysi bilan Afrika qitasining Marokash davlatiga jo'nab ketishi lozim edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar