15 jan 11:02
Yangiliklar

Koronavirusga chalingan Xabib Nurmagomedovning holati haqida xabar berildi
Dog'istonlik jangchida kovid aniqlangan va u maxsus mehmonxonaga joylashtirilib, karantinga olingandi. Xabib Singapurga Saygid Izagaxmaevning sekundanti sifatida borgandi. Bu haqida turnir translyaciyasi davomida Osiyo promousheni matbuot xizmati xabar ham berdi.
Xabarda aytilishicha, Nurmagomedovning karantin muddati ikki haftaga cho'zilishi ham mumkin. Agar shunday bo'lgan taqdirda u 28 yanvar kuni Mayami shahrida o'tkaziladigan o'zining Eagle FC 44 turnirida qatnasha olmasligi ham mumkin.
Saygid Izagaxmaev kechagi jangda Xabib Nurmagomedovsiz ham amerikalik raqibi Jeyms Nakashimani ikkinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi.
"Xabibda kasallikning engil formasi o'tmoqda. Tana harorati ko'tarilmagan. Agar uning keyingi test natijalarida kasallik alomatlari aniqlanmasa, karantindan belgilangan muddatdan oldinroq ham chiqishi mumkin", — deyiladi Nurmagomedovning jamoasi bergan malumotda.
Fikrlar