24 apr 11:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Kostani gaplarini qaytib olishiga majbur qilaman - Guskov
Yarim og'ir vazn toifasidagi o'zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov Braziliya vakili Paulo Kostaning gaplariga javob qaytardi.
Avvalroq, Bogdan Paula bilan jang qilish istagini bildirgandi. Kosta esa bu chaqiruvni ijobiy qabul qilgandi.
"Paulo rus yigitlar haqida nimadir degandi – bu erda O'zbekistonda katta bo'lgan rus yigit bor va u istalgan vaqtda oktagonga chiqishga tayyor. Biz Kostani bu so'zlarini qaytarib olishga majbur qilamiz", deydi Bogdan.
Guskov Kosta bilan jang qilishi uchun navbatdagi bahsida g'alaba qozonishi kerakligini aytib o'tgan.
Havola :
Manba : MMATM
Fikrlar