19 mar 09:33
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/30535_220.jpg)
Kovalyovning chempionlik himoya jangidagi raqibi malum
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Sergey Kovalyov (32-2-1, 28KO) yozda o'z kamarini himoya qiladi.
Kecha uning chempionlik himoya jangidagi raqibi malum bo'ldi. Rossiyalik bokschi amerikalik 27 yoshli engilmas charm qo'lqop ustasi Marks Braun (21-0, 16KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.
Hozircha bo'lajak jangning aniq sanasi yo'q. Lekin Kovalyovning jamoasi jangning 23 iyun kuni o'tkazilish ehtimoli yuqori ekanligini aytmoqda. CHempionlik jangini HBO telekanali translyaciya qiladi.
Eslatib o'tamiz, Sergey Kovalyovga hamyurtimiz Abror Tursunpo'latov murabbiylik qilyapti. Bu mutaxassis Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarovning murabbiyi hisoblanadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar