07 jan 19:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Kovington Xamzat CHimaevning nozik tomoni haqida gapirdi
UFC jangchisi Kolbi Kovington promoushen yulduzi Xamzat CHimaev haqida gapirdi.
"Byorns bilan jang CHimaevda kardio bilan muammolar borligini ko'rsatdi. Agar siz birinchi va ikkinchi raundda teykdaunlarni to'xtata olsangiz, u noqulay holatga tushib qoladi.
Ha, lekin agar u birinchi raundda sizni ushlab olsa, bu xavfli va u sizga bosim qiladi. Ammo siz uning oyoqqa qilingan hujumini to'xtatsangiz, u mag'lub etish mumkin bo'lgan yigitga aylanib qoladi", - dedi Kovington.
Havola :
Manba : Submission Radio
Fikrlar