11 fev 17:43
Yangiliklar
Kremlyov: "IBA amerikalik bokschilarni qo'llab-quvvatlashni taklif qiladi"
Bir necha kun oldin AQSH boks federaciyasi erkaklar va ayollar terma jamoalari Rossiya va Belarus sabab jahon chempionatlarida ishtirok etmasligini elon qilgandi.
"IBA AQSH terma jamoasining barcha bokschilarini JCH 2023 bahslarida qo'llab-quvvatlashga tayyor. Adminstrator yoki siyosatchilar ularni jahon chempioni bo'lish orzusidan mahrum etishga haqqi yo'q. Bokschilar sportga o'z hayotlarini bag'ishlaydilar. Adminstrator va siyosatchilar kelishadi va ketishadi.
IBA JCHda ishtirok etish istagida bo'lgan amerikalik bokschilarni qo'llab-quvvatlashga, moliyaviy tomonlama yordam berishga tayyor.
Biz har bir bokschiga o'z mamlakati, o'z bayrog'i va madhiyasi ostida kurashish imkoniyatini beramiz.
Ularni bunday huquqdan mahrum etadiganlarga esa sportda o'rin yo'q", - dedi Kremlyov.
Fikrlar