02 iyu 08:14
Yangiliklar

Krouford Kaneloga qarshi jangdan qancha gonorar olishini ochiqladi
Amerikalik 37 yoshli bokschi meksikalik afsonaga qarshi ikkinchi o'rta vazn (76,2 kg) toifasi mutlaq jahon chempionligi uchun jang o'tkazadi. Terens bo'lajak jangdan qancha gonorar ishlab olishini aytdi.
"Men 10 million dollar olaman. Siz buni yolg'on deb o'ylayapsizmi? Qaerdan sizda bunday o'y-fikr? Bu jang men uchun puldan ham muhim. Avlodlarim uchun bu jangga rozilik berganman. G'alaba qozonsam, uchta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'laman. Bunga oz qoldi", — deya Kroufordning so'zlarini keltiradi Sportskeeda portali.
Eslatib o'tamiz, Krouford so'nggi jangini o'tgan yilning 4 avgust kuni Los-Anjelesda hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori (116-112, 115-113, 115-113) bilan ochkolar hisobi bo'yicha g'alaba qozongandi. Alvares esa 4 may kuni Ar-Riyodda Uilyam Skallni mag'lub etgan edi.
Fikrlar