16 noy 14:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Krouford navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazmoqchi ekanligini aytdi
Yarimo'rta vazn toifasida WBO kamari sohibi Terens Krouford keyingi jangini WBA yo'nalishi chempioni Menni Pakyaoga qarshi o'tkazmoqchi ekanligini aytdi.
"Men kimga qarshi jang qilmoqchi ekanligimni aytib bo'lganman. Menni Pakyaoga qarshi jangni istayman. Bu ayni hozirda amalga oshishi lozim bo'lgan to'qnashuvdir.
Bizda barchasi 95 foizga aniq bo'lib ulgurgandi, ammo pandemiya yuzaga keldi va tashkilotchilar muxlislarni Yaqin SHarqqa kiritmaslikka qaror qilishdi", - dedi Krouford.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar