23 iyu 11:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Krouford: "U bankdagi hisobimga yaxshigina foyda olib keladi"
Taniqli bokschi Terens Krouford Saul Alvaresga qarshi jang qilish istagida.
"Hozir men uchun ahamiyati katta bo'lgan janglarni ko'rib chiqyapman va bu Jaron Ennis emas. Alvares bilan jang men va bankdagi hisobimga yaxshigina foyda olib keladi, Jarondan farqli ravishda.
Boks baribir bir kun hayotimizdan ketadi, yakunda bizda nima qoladi? Menda odamlar eslashi mumkin bo'lgan nimalardir bo'ladi. SHuningdek bankdagi hisob raqamim ham", - dedi Krouford.
Eslatib o'tamiz, Krouford 4 avgust kuni hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : Boxingnews24
Fikrlar