21 iyu 15:58
Yangiliklar
Kuchli jamoalarni taslim etgan Uzbekistan Team blic bo'yicha Jahon chempionati sovrindoriga aylandi
Mukofot jamg'armasi 310 ming evroni tashkil etuvchi ushbu nufuzli musobaqada 40 dan ortiq jamoa tarkibida 300 nafardan ziyod shaxmatchi chempionlik uchun kurashdi.
Quvonarlisi, jamoaviy jahon chempionatida etakchi grossmeysterlarimizdan tarkib topgan Uzbekistan Team jamoasi blic yo'nalishi bo'yicha sovrindorlar safidan joy oldi. Bronza medali uchun kechgan dramatik bahsda hamyurtlarimiz tarkibida Alireza Firuzdja, Levon Aronyan, Volodar Murzin, Anish Giri, Diviya Dehmush singari grossmeysterlardan tarkib topgan Hexamind Chess Team jamoasini hal qiluvchi tay-brekda taslim etishdi.

Dastlabki uchrashuvda Hexamind Chess Team jamoasi 4-2 hisobida zafar quchdi. Ikkinchi bahsda Uzbekistan Team 3,5-2,5 hisobida g'alaba qozonib, muvozanatni tikladi. Hal qiluvchi tay-brekda esa Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev, Muhiddin Madaminov singari grossmeysterlarimizdan tarkib topgan jamoamiz nomdor raqiblarini "sochib" tashladi - 5,5-0,5!
SHu tariqa, Uzbekistan Team jamoasi blic yo'nalishi jahon chempionatining bronza medali sovrindori hamda 30 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli sohibiga aylandi. CHorak finalda Uzbekistan Team blic bo'yicha ketma-ket ikki yildan beri jahon chempioni bo'lib kelayotgan Magnus Karlsen boshchiligidagi WR Chess jamoasini ikki o'yin natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, 1/2 finalga yo'l olgandi.
Uzbekistan Team jamoasi tarkibi:
Javohir Sindarov (GM, 2718)
Nodirbek Abdusattorov (GM, 2703)
Nodirbek Yakubboev (GM, 2569)
SHamsiddin Vohidov (GM, 2527)
Muhiddin Madaminov (GM, 2500)
Afruza Hamdamova (WGM, 2358)
Umida Omonova (WGM, 2276)
Akjol Rahmatullaev (1600)
Jamoa sardori — Rustam Qosimjonov.

Fikrlar