07 mar 18:32
Yangiliklar

"Kuchlilar kuchlilar bilan jang qiladi" - Dana Uayt yangi boks ligasi haqida
U kuni kecha Saudiya Arabistoni ko'ngilochar boshqarmasi rahbari Turki al ash-SHeyx ishtirokida yangi boks promousheni yaratish bo'yicha kelishuv imzolangan edi. Uayt mazkur voqelikka izoh berdi.
"Biz boksni juda yaxshi ko'radigan Turki bilan yangi boks ligasini yaratish bo'yicha shartnoma imzoladik. Ushbu model muxlislar istagan janglarni yaratishda o'zining samaradorligini allaqachon isbotlab ulgurgan. Eng kuchlilar kuchlilar bilan jang qiladi, bokschilar reytingda ko'tarilishda va jahon chempioni bo'lishda davom etadi.
Biz bu boks Ligasini ishga tushirishga yaqinlashar ekanmiz, translyaciyalar va boshqa barcha biznes jihatlari haqida malumot berishda davom etamiz. Tez orada ko'rishguncha", dedi Uayt.
Fikrlar