07 jan 09:24
Yangiliklar
Kudermetova Kanberra turniri 1/4 finaliga yo'l oldi
U bugun tongda Kanberra shahrida o'tkazilayotgan WTA 125 toifasiga kiruvchi turnirning 1/8 final bosqichida ham g'alabaga erishdi. 22 yashar Polinaga nimchorak final bosqichida serbiyalik 21 yoshli Lola Radivoevich raqiblik qildi.
To'qson to'rt daqiqa davom etgan uchrashuvda Kudermetova 6/3, 7/6(1) hisobida zafar quchdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. To'rt yil avval Barselonada o'tgan ilk bahsda ham Kudermetova g'alaba qozongan edi. Bugungi uchrashuvda Polina 5, Lola esa 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar vakilamizda bittaga ko'proq bo'ldi - 5 ga 4.
Malumot uchun, Kudermetova ayni paytda WTA reytingida 167, Radivoevich esa 137-o'rinni egallab turibdi. Turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan tennischimizning chorak finaldagi raqibasi Xitoy yoki rossiyalik tennischi bo'ladi.

Fikrlar