27 jan 09:17
Yangiliklar
Kudermetova Maniladagi WTA 125 turniridagi ishtirokini boshladi
Ushbu turnirda mamlakatimizning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova ham ishtirok etyapti. Hamyurtimiz ilk davrada saralash bahslari g'olibalaridan biri yaponiyalik Miho Kuramochiga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 29 daqiqa davom etgan uchrashuvda Polina 6/3, 7/5 hisobida g'alaba qozondi.
Taqqoslash uchun, Kudermetova WTA reytingida 150, Kuramochi esa 364-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Ertaga Polina 1/8 finalda tailandlik Lanlana Tararudiga qarshi bahs olib boradi. WTA reytingida 131-pog'onani egallab turgan Lanlana 1/16 finalda dunyoning 87-raketkasi, turnirda 7-raqam ostida saralangan shveycariyalik Simona Uoltersni 6/2, 3/6, 6/2 hisobida taslim etdi.

Fikrlar