06 jan 08:35
Yangiliklar
Tennis
Kudermetova O'zbekiston nomidan ilk uchrashuvini o'tkazdi
O'zbekiston bayrog'i ostiga o'tgan rus tennischisi Polina Kudermetova 2026 yilgi mavsumni Avstraliyadagi turnirda boshladi.
U bugun tongda Kanberra shahrida o'tkazilayotgan WTA 125 toifasiga kiruvchi turnirning 1/16 final bosqichida g'alabaga erishdi. 22 yashar Polinaga asosiy to'rning ilk bosqichida rossiyalik 18 yoshli Alina Korneeva raqiblik qildi.
Oltmish besh daqiqa davom etgan uchrashuvda Kudermetova ortiqcha qiyinchiliksiz g'alaba qozondi - 6/2, 6/3. Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi bo'ldi. Alina 3, Polina esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Korneevada 4 karra ko'proq bo'ldi - 8 ga 2.
Malumot uchun, Kudermetova ayni paytda WTA reytingida 167, Korneeva esa 210-o'rinni egallab turibdi. Bu Polina uchun O'zbekiston nomidan o'tkazgan ilk o'yini bo'lgani bilan ham ahamiyatlidir.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar