13 iyu 15:18
Yangiliklar
Tennis
Kudermetova va Timofeeva Afinadagi WTA 250 turnirida ishtirok etadi
Greciya poytaxti Afina shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida Vanda Pharmaceuticals Athens Open WTA 250 turniri start oldi.
Musobaqada mamlakatimizning ikkinchi hamda uchinchi raqamli raketkalari Mariya Timofeeva va Polina Kudermetova ham ishtirok etadi.
Dunyo reytingida 79-o'ringa ko'tarilib olgan Mariya Timofeeva dastlabki bosqichda AQSH vakilasi Enni Li bilan to'qnash keladi. 26 yashar Li hozirda 31-pog'onani band etib turibdi.
23 yoshli hamyurtimiz Polina Kudermetova esa bugun nimchorak final bosqichi yo'lida mezbon yurt vakilasi, tajribali Mariya Sakkariga qarshi bahs olib boradi.
Taqqoslash uchun, Polina Jahon reytingida 109, Sakkari esa 37-o'rinni egallab turibdi. Pharmaceuticals Athens Open WTA 250 turnirining mukofot jamg'armasi 283,347 AQSH dollarini tashkil etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar