So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

24 apr 12:20
Yangiliklar

Dzyudo

Kun tarixi. Bir yil avval O'zbekiston va jahon dzyudosi rahbarlarining uchrashuvi bo'lib o'tgandi

O'tgan yili aprel oyining uchinchi dekadasida BAAning Fujayra shahri dzyudo bo'yicha Osiyo/Okeaniya chempionatiga mezbonlik qilgan edi.

Tokio Olimpiadasining muhim reyting ochkolari o'ynalgan ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham munosib tarzda ishtirok etgandi. Dzyudochilarimiz yakunda 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritgan holda Osiyo va Okeaniyaning 40 ishtirokchi davlati orasida 6-o'rinni band etishgan edi.

Bundan tashqari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati Osiyo chempionati doirasida bir qator rasmiy uchrashuvlar ham o'tkazgandi. Xususan, federaciya prezidenti Azizjon Kamilov Dubay shahrida BAA dzyudo, sport kurashlari hamda kikboksing federaciyalari prezidenti Muhammad Bin Talub Al Deriya bilan uchrashgan edi. 

Osiyo chempionati doirasidagi yana bir etiborga molik uchrashuv Fujayra shahrida Xalqaro dzyudo federaciyasi prezidenti Marius Vizer bilan bo'lib o'tgandi. O'zaro suhbat chog'ida janob Vizer mamlakatimiz dzyudochilarining xalqaro arenada erishayotgan muvaffaqiyatlari, O'zbekiston mezbonlik qilayotgan nufuzli xalqaro musobaqalarning yuqori saviyada tashkil etilayotgani va bu bilan yurtimiz butunjahon dzyudo rivojiga munosib xissa qo'shib kelayotganini alohida etirof etgandi.

Uchrashuv so'nggida kelajakda ham O'zbekiston va Xalqaro dzyudo federaciyasi o'rtasida keng ko'lamdagi hamkorlik davom ettirilishi takidlangandi. Marius Vizer o'z so'zida O'zbekiston bemalol qita va jahon chempionatlarini o'tkaza olishini urg'ulagandi. Amalda bu so'zlar o'z isbotini topishga yaqin turibdi. Toshkent shahri jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing