So’nggi yangiliklar

15:17Собиқ ҳамюртимизни мағлуб этган Кудерметова Mubadala DC Open асосий тўрига йўл олди 0 14:46Фликнинг сабри тугади: "Барселона" Кундени сотишга тайёр 0 14:22Макгрегорнинг қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди 0 13:51Шаҳрам Ғиёсов ижтимоий тармоқдаги саҳифасида маъноли изоҳ қолдирди + ФОТО 0 13:23Бугун Майамида Ўзбекистон - АҚШ тарихий матчи старт олади 0 13:01ЖЧ-2026 финалини бошқарган ҳакам фаолиятини якунлади 0 12:40Владимир Свечников ўқ отиш бўйича Жаҳон кубогида совриндор бўлди 0 12:07Нурсултон Рўзибоев иштирок этадиган UFC Paris турнирининг марказий жанги эълон қилинди 0 11:37Синхрон сузувчиларимиз Осиё чемпионатини 16 медал билан якунлашди 0 11:05Пауло Коста Магомед Анкалаев — Богдан Гусков жанги ҳақида кескин фикр билдирди 0 10:25Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди 0 10:00UFC Абу-Дабида ўтказиладиган навбатдаги турнирни эълон қилди 0 09:24Стив Эрцег илк бор Рамазон Темиров билан жанг ҳақида гапирди 0 08:07Формула-1. Ландо Норрис — Венгрия Гран-приси ғолиби! 0 19:35"Манчестер Юнайтед" "Рома" юлдузи билан келишувга эришди 0

14 iyu 12:25
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Kunchiqar yurtda jahon chempionatiga start berildi

Bugun Yaponiyaning Fukuoka shahrida suv sporti turlari bo'yicha XX jahon chempionati boshlandi.

Dunyoning eng sara sportchilari ishtirokida o'tadigan mazkur nufuzli musobaqada O'zbekiston delegaciyasi azolari ham ishtirok etishmoqda.

Suv sporti turlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati dunyodagi eng yirik sport anjumanlaridan biri hisoblanadi. XX bor tashkil etilgan mazkur musobaqada dunyoning 100 dan ziyod davlatidan terma jamoalarni ishtirok etayotgani ham yuqoridagi fikrimiz isboti bo'ladi. 

Bu yilgi chempionatda suv sportining oltita turi bo'yicha bahslar o'tkaziladi. Mamlakatimiz sportchilari ularning ikkitasida, yani sinxron suzish hamda ochiq suv havzasida suzish bo'yicha o'tkaziladigan musobaqalarda Vatanimiz sharafini himoya qilishadi.

Birinchi bo'lib musobaqalarga sinxron suzuvchilarimiz kirishdilar. Mazkur musobaqada dunyoning 54 davlati vakillari sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishadi. 

Bugun kunning birinchi yarmida texnik solo bo'yicha bo'lib o'tgan bahslarda hamyurtimiz Gulsanam Bukina ham ishtirok etdi. Gulsanam jahon chempionatida ilk bor qatnashyapganligiga qaramay saralash musobaqasida 30 nafar sportchi orasida 20-natijani qayd etdi.

Afsuski, ushbu ko'rsatkich unga hal qiluvchi final bosqichiga chiqishi uchun kamlik qildi. Bugun kunning ikkinchi yarmida Ziyoda Toshxo'jaeva hamda Diana Onkes juftligi texnik duet mashqlarida o'z mahoratlarini namoyish etadilar. 

15 iyul kuni ochiq  suv havzasida suzish bo'yicha musobaqalarga ham start beriladi. SHu kuni xotin-qizlar o'rtasida 10 km. masofaga suzish bahslari o'tkaziladi. Unda ikki nafar yurtdoshimiz Parizoda Iskandarova hamda Anastasiya Zelinskaya startga chiqishadi. Sportchilarimizga bo'lajak musobaqalarda omad va zafarlar tilab qolamiz.

Malumot uchun, suv sporti turlari bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionati 4 bor Osiyo qitasida tashkil etilgan. Fukuoka shahri 22 yillik tanaffusdan so'ng ikkinchi marotaba ana shu yirik sport anjumaniga mezbonlik qilmoqda. 

17 kun davom etadigan jahon chempionatida jami 75 ta komplekt medallar o'ynaladi. Eng ko'p 42 ta komplekt medal suzish sport turida o'z egalariga topshiriladi (mazkur musobaqalar 23-30 iyul kunlari o'tkaziladi). Suvga sakrashda 13 ta (14-22 iyul), sinxron suzishda 11 ta (14-22 iyul), ochiq suvda suzishda 5 ta (15-20 iyul), xaydayving (25-27 iyul) va suv polosida (16-29 iyul) 2 tadan komplekt medallar o'ynaladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing