04 noy 07:14
Yangiliklar

“Kurash milliy sport turini rivojlantirish bo'yicha Prezident qarori
Hujjatga ko'ra kurashning boy anana va qadriyatlarini kelajak avlodlarga etkazish, o'zbek sporti brendi nomi bilan kurashning jahon arenasidagi rolini oshirish, yoshlarni milliy sportga bo'lgan qiziqishlarini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish orqali ularda vatanparvarlik tuyg'usini yanada mustahkamlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarni, shuningdek jahon xalqlarini mazkur sport turi bilan shug'ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratishni nazarda tutadi.
O'zbekiston kurash federaciyasi, Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda kurash milliy sport turini 2030 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish, 2020-2030 yillarda kurash milliy sport turining xalqaro nufuzini yanada oshirish bo'yicha “Yo'l xaritasi”ni belgilab olish, 2020-2022 yillarda yangi quriladigan kurash mahorat sport maktablarining manzilli ro'yxatini shakllantirish kabi masalalar o'rin olgan.
Fikrlar