27 fev 18:03
Yangiliklar
Kurashchilarimiz Misrdagi turnirda uchta medalga sazovor bo'lishdi
Reyting seriyasiga kiruvchi turnirda O'zbekiston terma jamoasi 3 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Musobaqaning yakunlovchi kunida hamyurtlarimiz 2 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi. -65 kg vazn toifasida yarim finalga etib borgan Umidjon Jalolov ushbu bosqichda armanistonlik Vazgen Tevanyanga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Biroq bronza medali uchun bahsda gruziyalik Edemi Bolkvadzega hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
SHuningdek, Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov ham shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarildi. Bronza medali uchun kechgan kurashda u armanistonlik Arman Avagyanni mag'lubiyatga uchratdi.
Eslatib o'tamiz, musobaqaning birinchi kunida Hasanboy Rahimov -125 kg vazn toifasida sovrindorlar qatoridan joy olgan edi.
Fikrlar