So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

25 dek 14:21
Yangiliklar

Kurash

Kurashni rivojlantirish bo'yicha Prezident qarori qabul qilindi

"Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident qarori (PQ-450-son, 20.12.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Xalqaro kurash institutining kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirish bo'yicha faoliyati yanada kengaytiriladi hamda unga quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklanadi:

kurash bo'yicha xalqaro darajadagi malakali trenerlar va hakamlarni tayyorlashni yo'lga qo'yish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirib borish tizimini joriy etish;


kurash bo'yicha ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirib borish, shuningdek, zarur o'quv-uslubiy va ilmiy-amaliy qo'llanmalarni ishlab chiqishni tashkil qilish;

kurashning yangi yo'nalishlarini joriy qilishda ishtirok etish, ularni ommalashtirish choralarini ko'rish;

kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilishni yo'lga qo'yish;

kurashni ommalashtirish, rivojlantirish va dunyoga tanitish hamda ushbu milliy sport turini umumjahon miqyosidagi sport turiga aylantirish bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirib borish.

Xorijdagi diplomatik vakolatxonalar zimmasiga Kurash xalqaro associaciyasi va Xalqaro kurash institutining kurashni xalqaro miqyosda rivojlantirish va ommalashtirish bo'yicha faoliyatiga ko'maklashish vazifasi yuklandi.

Mahalliy yirik tadbirkorlarni Kurash xalqaro associaciyasiga rasmiy homiy sifatida jalb qilib borish yo'lga qo'yiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing