So’nggi yangiliklar

20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0

09 sen 14:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Kutganmidingiz? O'zbekistonga boks yulduzi Amir Xan kelmoqda

Teglar :  Amir Xan
Yurtimizga tashrifi kutilayotgan prof boks yulduzlarini tanishtirishni boshlaymiz.

Xabaringiz bor, Toshkent shahri 12-17 noyabr kunlari WBC tashkilotining yillik Konvenciyasiga mezbonlik qiladi. O'z tarixida 61-marotaba tashkil etilayotgan yilning ushbu nufuzli tadbirining Markaziy Osiyo davlatlari orasida ilk bor aynan poytaxtimizda o'tkazilishi ahamiyatga molik voqeylik. 

Bugundan Toshkent mezbonligidagi WBC 61-Konvenciyasiga tashrif buyuradigan professional boks afsonalarini tanishtirishni boshladik. Ilk mehmonimiz - Amir Xan! 

Amir Iqbol Xan - asli kelib chiqishi pokistonlik, 1986 yil 8 dekabr kuni Buyuk Britaniyaning Bolton shahrida dunyoga kelgan. 2003 yil yoshlar Olimpiadasi chempioni, o'smirlar o'rtasida jahon chempioni, Afina-2004 Olimpiadasi kumush medali sohibi bo'lgan. 2005 yilda professional boksdagi faoliyati boshlangan. Debyut jangini 16 iyul kuni Devid Beyliga qarshi o'tkazib, texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan. Ketma-ket 18 ta jangida raqiblarini muddatidan avval mag'lub etgan. Prof ringdagi oxirgi jangini 2022 yilnang 19 fevral kuni Kell Brukka qarshi o'tkazgan. 

Professional boksdagi 18 yillik faoliyati davomida Terens Krouford, Saumel Vargas, Saul Alvares, Devon Aleksandr, Kris Algieri, Xulio Dias, Karlos Molina, Denni Garsiya, Zab Juda, Markos Maydana, Marko Antonio Barrera, Pol Molinyajji, Dmitriy Solita singari mashhurlarga qarshi jang o'tkazishga muvaffaq bo'lgan.  

2009 yilning 18 iyul kuni ilk kamarini qo'lga kiritadi. Amir Xan ukrainalik Andrey Kotelnikni 120-108, 118-111, 118-111 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBA chempionlik kamariga ega chiqadi. Yorqin g'alabalari sifatida Zab Judani 5-raundda nokautga uchratganini aytish mumkin. 2011 yilning 23 iyul kuni bo'lib o'tgan o'sha jangda Amir birinchi yarim o'rta vazndagi WBA Super va IBF kamarlari sohibiga aylangandi. 

Ana shunday katta nomga ega bo'lgan, prof ringdagi janglari sabab "King", yani "Qirol" nomini olgan Amir Xan O'zbekistonga tashrif buyuradi. Bizni kuzatishda davom eting. Bugundan etiboran yurtimizga tashrif buyuradigan boks afsonalarini tanishtirishni boshlaymiz. 

Malumot uchun, Amir Xan ham Toshkentga tashrif buyuradigan boshqa afsonalar singari 17 noyabr kuni poytaxtimizdagi muhtasham "Humo Arena"da o'tkaziladigan katta professional boks oqshomining faxriy mehmoni bo'ladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing