27 apr 20:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Kutilmagan nokautchi raqib - Entoni Joshuaning jangi elon qilindi + POSTER
Cuperog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaning navbatdagi raqibi elon qilindi.
O'tgan yili bir o'limdan qolgan britaniyalik bokschi 25 iyul kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida kutilmagan raqib - albaniyalik Kristian Prengaga qarshi ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, 35 yoshli Prenga prof ringda 21 ta jang o'tkazib, 20 ta g'alabaga erishgan. Barcha g'alabalariga muddatidan avval erishgan. Lekin raqiblari orasida nomdor nomlar yo'q. 2022 yildan AQSHda istiqomat qilib, o'sha erda o'z janglarini o'tkazib kelyapti.
Agar Joshua ushbu jangda g'alaba qozonsa va shuning barobarida jarohat olmasa, u holda u yil so'nggida hamyurti Tayson Fyuriga qarshi ringga chiqadi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar